Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markiziy kengashining qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Urganch davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan 2023-yil 9-noyabr kuni soat 14:00 da universitet Madaniyat saroyida “Munozara” debat turnirining universitet bosqichi oʻtkaziladi.
Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari hududiy bosqichga, hududiy bosqich g‘oliblari esa Respublika bosqichiga yo‘l oladilar.
Respublika bosqichining g‘oliblarini pul mukofotlari kutmoqda :
1- o‘rin – 30 million
2- o‘rin – 20 million
3- o‘rin -15 million
Qadrli yoshlar, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!