Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12. 2019.Fil.55.02 ilmiy kengashning 2024-yil 30-iyul kuni soat 14:00 dagi yig‘ilishida Qoraqalpoq davlat universitetining tayanch doktoranti Sagatova Zarima Baxtiyarovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz va qoraqalpoq tillarida zoonim komponentli frazeologik birliklar: antroposentrik nuqtayi nazar” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.