Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05 ilmiy kengashning 2024-yil 8-noyabr kuni soat 14:00 dagi yig‘ilishida Urganch davlat universitetining tadqiqotchisi Botirova Nafosat Xurmatbek qizining 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Orolbo‘yi ko‘chmanchi qabilalarining O‘rta Osiyo xalqlari harbiy san’ati taraqqiyotidagi o‘rni (miloddan avvalgi VI – milodiy XIII asrlar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Urganch shahri, Hamid Olimjon ko‘chasi, 14-uy.