Oliygohda "Markaziy Osiyoda O'g'uzlar va Saljuqiylar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.
Joriy yilning 1-2 may kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Tarix kafedrasi tashabbusi bilan Saljuqiylarning Markaziy Osiyodagi tarixiga bag'ishlangan "Markaziy Osiyoda O'g'uzlar va Saljuqiylar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyaga dunyoning bir qator mamlakatlaridan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Ayniqsa, Turkiya, Eron, AQSh, Rossiya, Qozog'iston va hk.
Konferensiya ishchi tillari: oʻzbek, turk, ingliz va rus.