MDH Ijroiya qoʻmitasi 2025-yilda “Yangi loyihalarni ilgari surish boʻyicha strategik tashabbuslar agentligi” Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi birlashmasi hamkorligida “Yashil Yevrosiyo” III-xalqaro iqlim tanlovini oʻtkazilishini maʼlum qilgan.
Maqsad – “Yashil kun tartibi”dagi texnologik yetakchilarni aniqlash, iqlimga moslashish boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda ekologik toza texnologiyalarning ahamiyatini oshirish.
Mazkur tanlovda ishtirok etish bepul hamda arizalar 2025-yil 9-mart kuniga qadar qabul qilinadi.