Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, aziz hamkasblar!
2025-yil 1-may kuni soat 14:00 da 1-bino, Filologiya va san'at fakultetining 338-auditoriyasida boʻlib oʻtadigan filologiya yoʻnalishidagi kafedralarning umumiy yigʻilishida universitet mustaqil tadqiqotchisi Xakimova Xalima Rinatovna tomonidan 10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “M.I.Sheverdinning tarixiy romanlari matnlaridagi glossalar” mavzusida tayyorlagan dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi oʻtkaziladi.
Ilmiy rahbar: f.f.d., dotsent Choʻponov Otanazar Otajonovich
Ushbu muhokamada professor-oʻqituvchilar, doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalar, shuningdek, barcha qiziquvchilar ham ishtirok qilishlari, dissertatsiya va uning avtoreferati bilan "Rus tili va adabiyoti" kafedrasida tanishishlari mumkin.