E’lon
Hurmatli nomzodlar!
Zaxiradagi pedagog-xodimlar tarkibiga qabul bo‘yicha nomzodlar joriy yilning 4–5-sentabr kunlari Jadvalda belgilangan grafik asosida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti binosining ARM 2-zalida mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinoviga taklif etiladilar.
Quyidagi toifadagi nomzodlar esa test va suhbat bosqichlarida ishtirok etmasdan, bevosita kafedra miqyosida o‘tkaziladigan tanlovda qatnashadilar:
PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lganlar;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali ta’lim olib qaytganlar;
maqsadli shartnoma asosida magistratura yoki doktoranturada tahsil olib qaytganlar;
o‘tgan yili muddatli mehnat shartnomasi asosida universitetda professor-o‘qituvchilik faoliyatini amalga oshirganlar.
Nomzodlarning belgilangan grafik asosidagi jadvalini yuklab olish