2020-yil 19-mart kuni 10:30 da Filologiya fakulteti binosidagi 1-ma’ruzalar zalida boʻlib oʻtadigan  Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi ilmiy-nazariy seminari yigʻilishida f.f.n., dotsent Primov Azamat Iskandarovichning 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha  filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilgan  “Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari leksikasi” mavzusidagi dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi oʻtkaziladi. Dissertatsiya va uning avtoreferati bilan Oʻzbek tilshunosligi kafedrasida tanishish mumkin.

Ushbu ilmiy-nazariy seminarda Filologiya fakultetining professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalari, shuningdek, barcha qiziquvchilar ham ishtirok qilishlari mumkin.