Xabaringiz bor, 20-iyundan 2021/2022-oʼquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʼyxatga olish ishlari boshlandi.
Bunda,
— abituriyent telefon raqami avtorizatsiyadan o‘tkaziladi;
— pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlar kiritiladi;
— imtiyozlari mavjud bo‘lsa hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlari kiritiladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
2021-yilning 20-iyunidan e`tiboran, Urganch davlat universitetida Call-markaz faoliyati yo`lga qo`yildi. Call-markazga berkitilgan mutaxassislar turli tushunmovchiliklar yuzasidan qilinayotgan qo`ng`iroqlarga javob berib, abituriyentlar og`irini yengil qilmoqda.
Call-markaz telefon raqamlari:
+99862 224-66-04
+99862 224-66-18
+99862 224-66-19
+99862 224-66-35