2021-yilning 14-iyul kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev universitet O`quv ishlari bo`yicha prorektori S.Xodjaniyozov hamrohligida UrDU huzuridagi Urganch ko`p tarmoqli texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog`ida, texnikum direktori Z.Saidniyozova hamrohligida ushbu ta`lim muassasasining 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o`tkazdilar. Uchrashuvda rektor B.Abdullayev ta`limdagi yangiliklar, davlatimiz tomonidan oliy ta`lim tizimiga berilayotgan e`tibor, yaratilayotgan sharoitlar, qolaversa, Urganch davlat universitetning o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlari, rivojlanish istiqbollari, talabalar uchun universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta'lim-tarbiya usullari yuzasidan yangi g'oyalar va tashabbuslar haqida so'zladi.
Shuningdek, texnikum talalabalari bilan suhbatda bo`lib, texnikumda olib borilayotgan ta`lim jarayonlari, kelajakdagi rejalari, oliy ta`limga bo`lgan qiziqishlari haqida suhbatlashdilar. Rektor va talabalarning jonli muloqoti savol-javob tarzida, samimiy va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.
UrDU Matbuot xizmati