
Joriy yilning 23-iyul kuni Urganch davlat universitetining Matematika, Xorijiy til va adabiyoti, Jismoniy madaniyat, Tarix, Filologiya tillarni o'qitish: ingliz tili, Ona tili va adabiyoti, Biologiya, Geografiya, Kimyo, Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ish, Iqtisodiyot, Mexanika, Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi, Amaliy matematika va informatika yo'nalishlarida tahsil olib, 2020-2021-o'quv yilda o`qishini tamomlagan 51 nafar xorijiy talabalarga diplom berish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda UrDU rektori B.Abdullayev so`zga chiqib, barcha bitiruvchilarni samimiy tabrikladi, kelgusi ishlarida zafarlar tiladi. Shundan so`ng, tantanali ravishda diplomlarni o`z egalariga topshirdi.
Marosim karantin qoidalariga rioya qilingan holda o`tkazildi.




