2021-2022-o‘quv yilida Urganch davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlari mavjud bo`lgan 13 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta`lim shakliga jami 2246 nafar abituriyentlar hujjati ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
✅ Ijodiy imtihonlarni adolatli va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida imtihon oluvchi komissiya a’zolari respublikamizning turli hududlaridan taklif etilgan. Ko‘p yillik tajribaga ega san’at arboblari jamoasi odilona imtihon jarayonini baholab borishmoqda.
✅ Qolaversa, imtihon jarayonlarini jamoatchilik nazoratida bo`lib, deputatlar, maktab o`qituvchilari hamda jurnalist va blogerlar bevosita kuzatib, adolatli va shaffof o`tkazilayotganini guvohi bo`lishmoqda.
✅ Ijodiy imtihonlar o‘tkazilayotgan har bir xonalarga maxsus kuzatuv kameralar o‘rnatilgan (http://cam.urdu.uz/). Shuningdek, har bir xonalarda kechayotgan imtihon jarayonlari videokameralar orqali yozib olinmoqda va zarur bo‘lgan holatda ushbu video tasvirlarni ko‘rish imkoni mavjud.
✅ Imtihon natijalari uzluksiz ravishda universitet rasmiy veb-sayti (https://urdu.uz/en/site/active?id=140) hamda telegram tarmog`ida (https://t.me/URDU_PRESSA/8548) e`lon qilinib bormoqda.
✅ Eng asosiysi ijodiy imtihonlarni o‘tkazishda karantin qoidalariga qat’iy ravishda amal qilinmoqda.
✅ Universitet rektori B.Abdullayev hamda ma’sullar imtihon jarayonini doimiy nazoratga olishgan.
✅ Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 6-avgustga qadar o`tkaziladi!







