Bugun, 14-avgust kuni 1-smena (08:00)da Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta`lim), Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta`lim, rus),Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim, rus) hamda Lingvistika: rus tili mutaxassisliklari bo`yicha magistraturaga kirish imtihonlari bo`lib o`tdi.
Magistratura uchun mutaxassislik fanidan kirish test sinovlari 10-avgustdan 14-avgustga qadar o`tkazildi.
Imtihonlarning ikkinchi bosqichi mazkur imtihon natijalari 20-avgustga qadar Davlat test markazi bazasiga kiritilgandan so‘ng, xorijiy tillardan test sinovlari Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda talabgorlarga ruxsatnoma taqdim etiladi. Ruxsatnomada sana va manzil ko‘rsatilgan bo‘ladi.