O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 16-iyun kuni “Oliy ta`lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o`quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to`g`risida” o`tkazilgan videoselektor yig`ilishining 34-sonli bayoni asosida Urganch davlat universitetining 2021/2022-o`quv yiliga tayyorgarlik holatini o`rganish hamda muassasada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 2021-yilning 17-avgust sanasida Oliy ta`limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish markazining Darslik, o`quv qo`llanmalar va maxsus adabiyotlar bilan o`quv jarayonini ta`minlash bo`limi boshlig`i Allayorov To`lqin Ro`ziqulovich hamda Oliy ta`limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg`or texnologiyalarni tadbiq etish markazining Ta`lim muassasalarida hujjatlarni yuritish va ta`lim tizimida qat`iy hisobdagi hujjatlarni yuritish bo`limi bosh mutaxassisi Karimov Xurshid Abdumannobovichlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
O`rganish davomida UrDU O`quv ishlari bo`yicha prorektori S.Xodjaniyozov hamrohligida o‘quv auditoriyalari, talabalar turar joyi, kutubxona, axborot texnologiyalari xonalari, MCOLE markazi, Lingofon xona, STEM, Madaniyat saroyi, sport zallari, Kimyo, Biologiya, Fizika laboratoriyalarining holati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, o`quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlar hamda moddiy-texnik ta`minot holati atroflicha o`rganildi.
O‘quv binolarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, yotoqxonada talabalar uchun yetarlicha qulayliklar yaratib berish, muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.


.jpg)


.jpg)

.jpg)

.jpg)



