Xabaringiz bor, kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu e’tirof etilganlar safida Urganch davlat universiteti professor-o`qituvchilari bor. Jumladan:
Abdirimov Bekzod Muratbayevich – Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining Xorazm viloyat bo`limi rahbari, UrDU Tarix kafedrasi o`qituvchisi. “Shuhrat” medali bilan;
Bekimmetov Umidjan Tajimurotovich – Xorazm Ma`mun akademiyasi tayanch doktaranti, UrDU Tarix kafedrasi o`qituvchisi. “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
UrDU jamoasi ushbu yuksak e’tirofga sazovor bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etadi. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, ilm-fan ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda zafarlar tilaydi.

