Xabaringiz bor, Yaponiyaning Tokio shahrida Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari start olib, bugun, 27-avgust sanasida Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 184-guruh talabasi Uchqunbek Quranboyev dzyudo bo`yicha final bellashuvida ilk Oltin medalni qo`lga kiritdi.
Ushbu faxrli g`alaba munosabati bilan qahramonimiz Uchqunbekni oila a`zolarini qutlash niyatida universitet rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida Jismoniy madaniyat fakulteti dekani Sanjar Ko`palov hamda fakultet o`quv ishlari bo`yicha dekan muovini Ne`mat Ro`zmetovlar Bog`ot tumanida yashovchi Umrbek Ahmedov hamda Ruhiya Matnazarovalar xonadonida bo`ldilar.
Rektor Baxrom Abdullayev ushbu g`alaba bayramga ajoyib tuhfa bo`lganini alohida quvonch bilan ta`kidladi. Butun O`zbekiston, qolaversa, Xorazm faxriga aylangan Uchqunbek universitetimiz talabasi ekanidan mamnuniyatini izhor etib, mard va jasoratli o‘g‘ilni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga tashakkur bildirdi.
Tashrifdan boshi osmonga yetgan Umrbek Ahmedov hamda Ruhiya Matnazarovalar universitet jamoasiga hurmat-ehtirom bildirib, universitet rahbariyatiga hamda Uchqunbekni ustozlariga o`z minnatdorchiligini izhor etdilar.


