Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo‘ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish kun sayin dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu borada Urganch davlat universiteti dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
2021-yilning 10-sentabr kuni English language Fellow Program dasturi stipendianti Estella Iton AQSHning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari Brayn Tayers, Muhlisa Rasulova, hamda Sardor Gazievlar hamrohligida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Elyor Yo‘ldashov va Xorijiy filologiya fakulteti katta o‘qituvchisi Feruza Masharipovalar kutib oldilar.
O`zaro muzokaralarda so`ng, UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Rektor Baxrom Abdullayev English language Fellow Program dasturi stipendianti Estella Iton bilan yaqindan tanishib, tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi, joylashtirish masalalari haqida suhbatlashdi.




UrDU Matbuot xizmati