Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514 sonli “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va OʻzKUF Xorazm viloyat kengashi Ijroiya qoʻmitasining 2021-yil 18 avgustdagi 2-3 “s”-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 2-3-4-sentabr kunlari Urganch davlat universitetining 54 nafar professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari universitet Kasaba uyushma qo’mitasi budjeti mablag‘lari hisobidan Xorazm-Buxoro-Samarqand shaharlaridagi ziyoratgohlar (muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, yodgorlik-majmualari, muzeylar, yangi barpo etilgan obyektlar) boʻylab qisqa sayohatga borib keldilar.Sayohat barchada yaxshi taassurot qoldirdi.