Bugun, 2021-yilning 15-sentabr kuni Fransiyaning O`zbekistondagi elchixonasining Madaniyat va hamkorlik bo`yicha maslahatchisi Loran Oriol Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘ayrat O‘razboyev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Elyor Yo‘ldashov va Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasi dotsenti Hamid Ro`zmetovlar kutib oldi.
Tashrif davomida Loran Oriol Xorijiy filologiya fakultetida bo`lib, Roman-german filologiyasi kafedrasining fransuz tili o`qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda elchixona va UrDU o`rtasidagi hamkorlik aloqalari istiqbollari muhokama qilindi.