Hozirda Urganch davlat universitetida bakalavriat bosqichi uchun 3 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 5 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.
2021-2022-oʻquv yilida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.
Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 15-sentabridan 5-oktabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.
Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:
BAKALAVRIAT UCHUN:
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 2+2
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo`yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 50 nafar: 2+2
Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Arxitektura (turlari bo`yicha)” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 25 nafar: 2,5+2
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI UCHUN:
Altay davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tarix (yo`nalishlar va faoliyat turi bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 6 nafar: 1+1
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bank ishi (faoliyat turlari bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1
Astraxan davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1
Mogilyev davlat oziq-ovqat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “ Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 20 nafar: 1+1
Belorusiya davlat texnologik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kimyoviy texnologiyalar (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 10 nafar: 1+1
Eslatib oʻtamiz: Ushbu dasturlar bilan bogʻliq qoʻshimcha ma’lumotlarni universitetning Matbuot xizmati (@URDU_PRESSA) telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.
Ushbu qoʻshma taʼlim dasturlarida talaba bo`lish istagida bo`lsangiz quyidagi havola orqali onlayn ariza topshiring: http://qtd.urdu.uz
Zarur hujjatlar:
1. Passportning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ro‘yxatga olingan joyi nusxasi bilan (PDF shaklda);
2. Abituriyentning 3,5 x 4,5 sm formatdagi 6 ta rasmi (PDF shaklda);
3. Umumiy o‘rta (attestat) yoki o‘rta maxsus (diplom) ma’lumot bo‘yicha hujjatning rus tiliga tarjimasi (notariusdan tasdiqlangan holda) ilovasi bilan (PDF shaklda).
Batafsil maʼlumot uchun call-markaz telefon raqamlari:
+99862 224-66-04
+99862 224-66-18
+99862 224-66-19
+99862 224-66-35