2021-yilning 20-sentabrida O'zbekiston musulmonlar idorasi “Qur'on tajvidini o'rgatish” bo'limi mudiri o'rinbosari, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi ilmiy xodimi, O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi faxriy doktori Abror Muxtor Aliy Urganch davlat universitetida bo`ldi.
Tashrif chog`ida universitet talaba-yoshlari bilan uchrashib, “Jahon sivilizatsiyasida O’rta Osiyo allomalari va islom dinining o’rni” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
Tadbirni Tarix fakulteti katta o`qituvchisi PhD Z.Odilov kirish so`zi bilan ochib berdi.
Shundan so`ng, Abror Muxtor Aliy so`zga chiqib, Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining inson kamolotini shakllantirishdagi o`rni, Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksalgan davri ekanligi, Sharq madaniyatini umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarish markazi Xorazm Ma’mun akademiyasining vujudga kelishi, Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari, aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langan qadriyatlar, ma’naviy-ruhiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, badiiy-nafis qadriyatlar hamda diniy qadriyatlar xususida atroflicha ma`ruza qildi.
Tadbir savol va javoblar yo‘sinida qiziqarli tarzda tashkil etildi va katta taassurotlarga boy bo‘ldi.



