2021-yil 24-sentabr sanasida Urganch davlat universiteti hamda “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati bo`linmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan ushbu tadbir Urganch davlat universitetida professor-o`qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida o`tkazildi.
Mazkur tadbirni “Yuksalish” umummilliy harakati Xorazm viloyati bo`linmasi rahbari, viloyati hokimining maslahatchisi S.Sapayeva ochib berib, moderatorlik qildi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar, xususan UrDU Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov, Xotin–qizlar kengashi raisi Sh.Nurullayeva, shuningdek tadbir mehmonlari Xorazm viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishta markazi bosh shifokor o`rinbosari Sh.Atajanov hamda viloyat Yuqimli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Z.Madrimovlar bugungi kunda insoniyat hayotidagi global muammo COVID-19 pandemiyasiga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar, xususan, Xorazm viloyatida vaksinatsiya jarayonlarining borishi, COVID -19 ga qarshi vaksina samarali sinov va mavjud profilaktika choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam beradigan muhim vositaligi va u inson hayotiga xavfsiz ekanligi, hozirda emlash uchun 4 xildagi vaksina mavjudligi hamda emlanish tavsiya qilinadigan va tavsiya qilinmaydigan holatlar yuzasidan atroflicha ma`lumot berildi. Shuningdek, tadbirga yig`ilganlarni oʼzi va yaqinlarining sogʼligiga befarq boʼlmasdan, ommaviy emlash jarayonida faol bo`lishga chaqirdilar.

