Aqshning nufuzli universiteti professori Urganch davlat universitetida bo`ldi

2021-yilning 28-sentabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida UniCEN loyihasi doirasida AQShning Washington davlat universiteti professori  Sergey Lapin   “Amerikada talabalarni baholash tizimi va Washington davlat universiteti to`g`risida ma`lumot” mavzusida ma`ruza qildi.

Professor  Sergey Lapin o`z ma`ruzasida   Washington davlat universitetining  bugungi kundagi faoliyati, ichki strukturasi, ta`lim jarayonlari, baholash tizimi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, zamonaviy o‘qitish uslublari va tizimlaridan foydalanish, ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash borasidagi  Washington davlat universiteti  tajribasini uchrashuv qatnashchilariga taqdimot orqali namoyish qildi. 
UrDU  kafedra mudirlari, O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosarlari hamda professor-o`qituvchilar ishtirokidagi mazkur uchrashuv kelajakda  xorijning nufuzli universitetlari  tajribasini  tadbiq etishda   hamda universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda o`ziga hos yondashuv bo`ldi.

Uchrashuv qiziqarli ma`lumotlarga boy, muzokaralar esa samarali bo‘lib o‘tdi.


urdu.uz, Aqshning nufuzli universiteti professori Urganch davlat universitetida bo`ldi

urdu.uz, Aqshning nufuzli universiteti professori Urganch davlat universitetida bo`ldi

urdu.uz, Aqshning nufuzli universiteti professori Urganch davlat universitetida bo`ldi