Joriy yilning 29-sentabr sanasida AQShning Washington davlat universiteti professori Sergey Lapin bilan UrDU Xalqaro aloqalar bo`yicha prorektori G`.O`razboyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimovlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Mazkur uchrashuvda Washington davlat universiteti bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari, xususan, talabalar uchun yozgi lagerlar tashqil qilish, “El-yurt umidi” jamg'armasi tomonidan Washington davlat universitetida PhD dasturlarida tahsil olishni yo`lga qo`yish, Urganch davlat universitetining dunyoning Top 1000 talikdagi universitetlari qatoriga kirish borasidagi harakatlari, Washington universitetida amaliyot o'tash hamda AQSHning ta'lim dasturlari to'g'risida o`zaro fikr almashinildi.