Filologiya fakultetida navbatdan tashqari  kengash yig‘ilishi o‘tkazildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovning 28-oktabr sanasida o‘tkazgan tanqidiy ruhdagi kengaytirilgan videokonferensiya yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan  2021-yilning 29-oktabri kuni  Filologiya fakultetida navbatdan tashqari Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda soʻnggi vaqtlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan voqea-hodisalar tanqidiy ruhda koʻrib chiqildi.  Fakultet dekani  D.G'ayipov professor-o'qituvchilarning dars berish jarayonlari, taʼlim sifati, talabalar orasidagi jinoyatchilik, tyutorlar faoliyati, yotoqxonadagi holatlar  haqida alohida to'xtalib o'tdi.
Talabalarning odob-axloqiga eʼtibor qaratish hamda talaba-yoshlarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish barcha masʼullarning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri ekanligini taʼkidladi.

urdu.uz, Filologiya fakultetida navbatdan tashqari  kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

urdu.uz, Filologiya fakultetida navbatdan tashqari  kengash yig‘ilishi o‘tkazildi

urdu.uz, Filologiya fakultetida navbatdan tashqari  kengash yig‘ilishi o‘tkazildi