2019 yil 30 iyul kuni Urganch davlat universiteti kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi doirasida universitetda faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh kam ta'minlangan oila farzandlariga yangi o'quv yili oldidan o'quv qurollari topshirildi. Tadbirda universitet faollari ishtirok etdi.