Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining “Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi mudiri Bahodir Karimov UrDU Filologiya fakultetida mahorat darslarini tashkil qilib, talaba-yoshlarda o'zgacha tassurotlar qoldirdi.
Professor Bahodir Karimovning fakultet talabalariga mahorat darslari yakunida Urganch davlat universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ta'lim muassasamiz talabalariga yuqori saviyada mahorat darslari olib borganligi bois Filologiya fakulteti dekani D.Q.G'ayipov tomonidan universitet faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, professor Bahodir Karimov Filologiyaning "Fakultet tarixi" muzeyiga tashrif buyurdi. Ushbu muzey barcha mehmonlarda o'zgacha taassurot qoldirib, yuksak e'tiroflarga sazovor bo'lmoqda