«Baxshichilik san'ati» insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro`yxatidan joy oldi. Shu munosabat bilan 17-dekabr kuni Urganch davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Ijrochilik va madaniyat kafedrasi katta o`qituvchisi, San'atshunoslik fanlari bo`yicha falsafa doktori Botir Raximov O`zbekiston 24 telekanaliga intervyu berib o`tdi.