2022-yilning 10-yanvar kunidan Urganch davlat universitetida pedagog va xodimlar uchun seminar-treninglar oʻz ishini boshladi.
Universitet rektorining buyrugʻiga asosan, Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan fakultetlar kesimida ushbu qisqa muddatli kurslarni olib boruvchi trenerlar roʻyxati va dars jadvali shakllantirildi.
Mazkur kurslarni tashkil etishda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazining oʻquv dasturidan unumli foydalanilmoqda.
Seminar-treninglarda Hemis dasturida ishlash, Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o‘zlashtirishni baholash tizimi, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, Kredit-modul tizimini raqamlashtirish, Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi va ARM faoliyatini tashkil etish, Kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi, xorijiy davlatlardagi ushbu tizimning muhim tamoyillari to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda.
Seminar-treninglarda tinglovchilar o’zlarining fikr-mulohazalari, savol-javoblari va bahsli jarayonlari bilan faol qatnashmoqdalar.
Seminar-treninglar 22-yanvarga qadar davom etadi.