Urganch davlat universiteti Filologiya fakultetining talabalasi Xudayberganov Yodgorbek 2021-yil 18-oktabrdan 30-oktabrgacha Xitoy Xalq Respublikasining Chjetszyan provinsiyasi Erkin savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan vazirlik homiyligida tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inson resurslarini rivojlantirish seminari”ni tugatib, test sinovlarini ham a‘lo darajada bajargan edi. Shu munosabat bilan seminarni muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.