Bugun 29- avgust kuni 2019/2020 o'quv yilida xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalaridan o'qishini O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga ko'chirish yoki ko'chirib qayta tiklash bo'yicha murojaat qilgan talabgorlar uchun masofaviy maxsus (onlayn test) sinovlarni o'tkazildi. Onlayn test sinovlari soat 7:30 dan 18:30 gacha davom etdi. Ushbu test sinovlariga kirish uchun xorijiy davlatlarning jami 118 nafar talabalariga ruxsat berilgan.