31-avgust kuni Urganch davlat universiteti qaramog'ida tashkil etilgan "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet rektori B.Abdullayev, prorektorlar S.Davletov va S.Xodjaniyozov, hokimlik vakillari, mehnat faxriylari, universitet o'qituvchi-professorlari va yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar qatag'on davri va uning qurbonlari haqida muzey orqali ko'plab ma'lumotlarni bilib oldilar.