Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish (EPCA), fazoviy usullar bilan tabiiy ofatlar xavfini boshqarish mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi

Urganch davlat universitetda Erasmus+: Oliy ta'lim - Xalqaro salohiyatini kuchaytirish loyihasi asosida Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish (EPCA), fazoviy usullar bilan tabiiy ofatlar xavfini boshqarish mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi. Seminarda Shvetsiyaning Lund, Litvaning Vilnius, Portugaliyaning Minyu, Eronning Sepehr, Gretsiyaning Afina milliy texnika universiteti, Qirg'izistonning O'sh va I.Arabayev nomidagi qirg'iz davlat universitetlaridan vakillar ishtirok etdi. Loyiha doirasida atrof-muhit va tabiiy ofatlar xavfi muammolari, o'qituvchi va xodimlarni o'qitish, elektron ta'lim borasida professor o'qituvchilar o'z taqdimotlarini namoyish etishdi. Bundan tashqari uchrashuvda kelgusida hamkorlikni yanada kuchaytirish muhokama qilindi.