Joriy yil 23-fevral sanasida Udmurtiya davlat universiteti professori, f.f.d. Natalia Vladimirovna Kondrateva 2 oy davomida Lingvistika: rus tili mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrantlarga dars mashgʻulotlarini olib borish maqsadida Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida professor Natalia Vladimirovna UrDU rektori Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G‘.O'razboyev, Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov ham “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri v.b. S.Roʻzmetovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv doirasida hamkorlikda qilinadigan ishlar boʻyicha muzokaralar olib borilib, Udmurtiya davlat universiteti hamda Urganch davlat universiteti oʻrtasidagi hamkorlik shartnomasi boʻyicha maʼruzalar qilinishi taʼkidlandi.
* Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Urganch davlat universiteti va Udmurt davlat universiteti oʻrtasida fan va taʼlim sohasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.