2022-yil 1-mart kuni Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya davlat universiteti va UrDU Xorijiy filologiya fakulteti professor-o'qituvchilari o'rtasidagi hamkorlik doirasida milliy-madaniy tadbir o'tkazildi. Mazkur uchrashuv Zoom dasturi orqali bo'lib o'tdi. Unda har ikkala universitetlar talabalari tomonidan ikki mamlakatning milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi chiqishlar namoyish etildi.
Xususan, Xorijiy filologiya fakulteti 1901-ingliz guruhi talabalari tomonidan "Sehrli sandiq" nomli spektakl qoʻgʻirchoq teatri orqali ijro etildi.


