Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya oʻz ishini boshladi

Joriy yilning 1-martidan Urganch davlat universitetida  ayollar oʻrtasida Voleybol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatining 2-tur baxslari star oldi. (https://t.me/URDU_PRESSA/14362) Bunda respublikamizning har bir viloyatidan jamoalar yigʻilgan. Shu yilning 6-martigacha oʻtkaziladigan ushbu Chempionat doirasida bugun, 2-mart kuni Urganch davlat universitetining Konferensiya zalida UrDU "Sport faoliyati" kafedrasi va O‘zbekiston Voleybol Federasiyasi bilan hamkorlikda Xalqaro konferensiya oʻtkazilmoqda.  Mazkur konferensiya "Zamonaviy voleybolning dolzarb muammolari, musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish masalalari" mavzusiga bagʻishlanmoqda. 
Mazkur konferensiyada Pokiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Tojikiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlarining Voleybol  Federatsiyasi kotiblari hamda mutasaddi xodimlari, Oʻzbekiston Voleybol Federasiyasining mutaxassislari hamda UrDU "Sport faoliyati" kafedrasining professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Anjumanda xorijlik mutaxassislar tomonidan  Voleybol Federatsiyasining  menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha taqdimotlar qilinmoqda. 

Mazkur oʻquv kurslar 4-martga qadar davom etadi.  Konferensiyaga barcha xohlovchilarni taklif etamiz!

urdu.uz, Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya oʻz ishini boshladi

urdu.uz, Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya oʻz ishini boshladi

urdu.uz, Voleybol Federatsiyasining menedjerlik kursi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha konferensiya oʻz ishini boshladi