URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KENGASHINING 7-MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
2022-yil 25-fevral sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
✔️Kengash ishi an’anaga muvofiq, qutlovlar bilan boshlanib, rektor B.Abdullayev dotsentlik diplomlarini Kengash a’zolari guvohligida oʻz egalariga topshirdi.
✔️Jumladan, “Biologiya” kafedrasi mudiri Z.Tojiyev, “Biologiya” kafedrasi dotsenti D.Annamurotovalarga Dotsentlik diplomlari topshirildi.
Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz ishini davom ettirdi.