2022-yilning 10-mart sanasida “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya fakultetining she'riyat ixlosmandlari, nazmga qiziquvchi faol talabalari she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.
Tadbirni "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova ochib berdi.
Tadbirning badiiy qismi 211-guruh talabalari tomonidan tashkillashtirilib, o'zbek she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan shoira Farida Afro'z qalamiga mansub she‘rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi.
Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining 5 nafar ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o'rin: Saydametova Munisa
2-o'rin: Ismoilova Kamola
3-o'rin: Rajabova Asaloy
Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari hamda kechaning faol talabalariga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Tadbirda hakamlar hay'ati tomonidan mazkur an'anaviy tanlov ijodkor, o'z ustida tinimsiz ishlaydigan talabalarni aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.