2022-yil 17-mart kuni Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti tomonidan fakultet haftaligi doirasida "Pedagogika malikasi-2022" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni UrDU Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva ochib berdi. Tanlovda 9 ta ishtirokchi qizlar savol-javob, soch turmaklash, bo'yinbog' bog‘lash hamda erkin mavzu shartlari asosida o‘zaro kuch sinashdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, BT va STI yo‘nalishi 193-guruh talabasi Xalilova Xumora "Pedagogika malikasi" hamda "Rektor stipendiyasi" sovrindori deb e'lon qilindi.
Faol ishtirok etgan talaba qizlar nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar.


