Bugun, 5-aprel sanasida Toshkentdagi Gyotе institutining vakillari, jumladan, Institutning Til bo’limi boshlig’i Dildora Muhammadaminova, Ta’lim sohasidagi hamkorlik bo’limi xodimi Dilorom Ismatullayeva hamda “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi rahbari Simon Krechmerlar, UrDU Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z. Jumaniyozov hamrohligida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev qabulida boʻldilar.
Uchrashuvda 12-13-may kunlarida Xorazm viloyatidagi taʼlim muassasalarining nemis tili oʻqituvchilari mobil konferensiyasini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. Mazkur mobil konferensiyani UrDUda oʻtkazish taklifi koʻrib chiqildi. Rektor B.Abdullayev universitetda yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va moddiy-texnik baza haqida atroflicha maʼlumotlar berdi.
Shundan so’ng mehmonlar universitetning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar.