Joriy 29-mart sanada Filologiya fakuteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi dots. B. Rahimova va tyutor D.Artikovalar 208-guruh talabalari bilan "Asling kabi ko‘rin" mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar. Suhbat jarayonida ustozlar va talabalar inson asliyati, samimiyat, soflik tuyg‘ulari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.