Filologiya fakulteti "Rus tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchilari Sh.Ozadova va S.Qalandarovalar tomonidan Jaloladdin Manguberdi mahallasi kam ta'minlangan oilalari farzandlari uchun "Rus tili va adabiyoti" to'garagi tashkil qilingan bo'lib, to'garakka qatnayotgan o'quvchilardan bir nafari chin yetim ro'yhatida turgan o'quvchidir. Mahalla yoshlarining vaqtini unumli o'tkazishni ta'minlash, chet tillariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga fakultet o'qituvchilari tomonidan alohida ahamiyat berilmoqda.