Shu yilning 4-7 aprel kunlari Isroil davlatining Xolon texnologiya institutida O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan mavjud hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida forum oʻtkazildi.
Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat nufuzli delegatsiya ishtirok etdi.
Mazkur forumda UrDUdan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Ibragimov qatnashdi.
Delegatsiya aʼzolari forum doirasida Iyerusalimdagi yahudiy universitetida boʻlib, Vitse prezident bilan uchrashdilar. Unda oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolashga, 3+1 shaklda bakalavr tayyorlash, yosh olimlarni stajirovka va doktoranturaga yuborish, ikki tomonlama ilmiy rahbar tayinlash va hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borishga kelishildi.