O’zbekiston delegatsiyasi Veysman fan institutiga tashrif buyurdi

Forum doirasida 6-aprel kuni UrDU  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori  Z.Ibragimov O’zbekiston delegatsiyasi  bilan birgalikda Isroilning Veysman fan institutida boʻldi. Mehmonlarni Veysman fan institutining Kimyo fakulteti Materiallar va interfeyslar bo'limi boshlig’i Dr. Ulyana Shimanovich institut tarixi, ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Magistratura hamda doktorantura bosqichida tadqiqotchilarni tayyorlaydigan, maktablarda va jamoatchilikda aniq va tabiiy fanlar ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor beradigan ushbu institutda matematika, informatika, fizika, kimyo, biokimyo va biologiya boʻyicha olimlar yetishtiriladi. Tashrif natijasi oʻlaroq, informatika, fizika, kimyo, biologiya yoʻnalishlarida magsitrlar tayyorlash va adabiyotlar almashinuvi masalalarida kelishuvga erishildi.

urdu.uz, O’zbekiston delegatsiyasi Veysman fan institutiga tashrif buyurdi

urdu.uz, O’zbekiston delegatsiyasi Veysman fan institutiga tashrif buyurdi

urdu.uz, O’zbekiston delegatsiyasi Veysman fan institutiga tashrif buyurdi