10-aprel - o'zbek adabiyotining buyuk namoyandasi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun munosabati bilan Filologiya fakulteti "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti B.Rahimova Xorazm MTRKning "Assalom, Xorazm" dasturida "Abdulla Qodiriy mahorati" mavzusida jonli efirda chiqish qildi. Ko'rsatuv davomida B.Rahimova Abdulla Qodiriy ijodi haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdi, Qodiriyshunoslikning bugungi kundagi taraqqiyoti haqida ko'plab yangi ma'lumotlar berdi.