Altay davlat universiteti professori Urganch davlat universitetida dars bermoqda

Joriy yil 11-aprel sanasidan eʼtiboran dunyo reytinggining top 1000 taligidan joy olgan Rossiyaning Altay davlat universiteti “Vatan tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Goncharov Yuriy Mixaylovich UrDU Tarix fakulteti 3-4 kurs talabalariga Jahon tarixi, Amerika va Yevropaning zamonaviy tarixi  fanlaridan dars mashgʻulotlarini olib bormoqda.

Kecha, 15-aprel kuni “Tarix” kafedrasi mudiri Oʻtkir Abdullayev hamrohligida  professor Yuriy Mixaylovich va UrDU rektori Baxrom Abdullayevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda oʻquv jarayoni va ilmiy faoliyatda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tarix fanlari doktorlarini yetishtirishda shogirdlar tayyorlash haqidagi kelajak rejalar haqida muzokaralar olib borildi. 

Professorning maʼruzalari shu yilning 23-apreliga qadar davom etadi.