Fransiyaning Puate universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetida boʻldi

Joriy yil 19-aprel sanasida Urganch davlat universiteti va Fransiyaning Puate universiteti o'rtasida tuzilgan shartnoma doirasida Puate universiteti delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a'zolarini UrDU rahbariyati va fakultet dekanlari kutib oldilar.  Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari hamda UrDU rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida  rahbar xodimlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish,  Erasmus+ KA 107 loyihasi doirasida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻquv va ilmiy yoʻnalishlarda keng imkoniyatlardan foydalangan holda ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari kelishib olindi.

urdu.uz, Fransiyaning Puate universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiyaning Puate universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetida boʻldi

urdu.uz, Fransiyaning Puate universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetida boʻldi