Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti oʻrtasida navbatdagi shartnoma imzolandi

2022-yilning  22-aprel sanasida Koreya Respublikasining Dongshin universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. 

Delegatsiya aʼzolari:  
Jungyub Lee - Xalqaro ta'lim institutida Xalqaro aloqalar  bo‘yicha  direktori;  
Oh Seong Rok - Talabalar ilmiy ishlari bo‘yicha dekan, Xalqaro ta’lim markazi direktori,  King Sejong – instituti prezidenti;
Yohan Cho - Xalqaro ta'lim instituti vakili;
Shavkat Sayidahmedov - Xalqaro ta'lim instituti, Gumanitar fanlar fakulteti dotsenti.

Mehmonlarni universitet rahbariyati mamnuniyat ila kutib oldilar.  Shundan soʻng,  UrDU rektori Baxrom Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G‘.O'razboyevlar va delegatsiya aʼzolari ishtirokida muzokaralar olib borildi. 

Taʼkidlash joizki, mazkur universitet bilan 2021-yil noyabr oyida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi. Bugungi tashrif esa hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.

Uchrashuv doirasida ikki universitetga qator imtiyozlar beruvchi shartnoma imzolandi. Jumladan, ikkala universitet ham tenglik va o'zaro manfaatdorlik asosida o'zaro manfaatli ilmiy sohalarda hamkorlik faoliyatini rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib oldilar.

urdu.uz, Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti oʻrtasida navbatdagi shartnoma imzolandi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti oʻrtasida navbatdagi shartnoma imzolandi

urdu.uz, Urganch davlat universiteti va Dongshin universiteti oʻrtasida navbatdagi shartnoma imzolandi