Maktab bitiruvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha UrDU olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son qarorining 12-bandida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari tomonidan umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar)-viloyat-oliy ta’lim muassasasi) o‘z olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3-o'rinlarni egallagan g‘olib o‘quvchilarni birinchi o‘quv yili uchun to‘lov oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilish belgilangan.

Shu munosabat bilan, Urganch davlat universitetida ushbu fan boʻyicha 2 bosqichli olimpiada tashkil qilindi. Ilk saralash bosqichi 20-aprel oʻtkazilib, unda viloyat umumtaʼlim maktablarining 392 nafar bitiruvchi oʻquvchilari qatnashdilar.  Shulardan 20 nafari olimpiadaning yakuniy bosqichiga saralab olindi. 

2022-yilning 27-aprel kuni Urganch davlat universiteti binosida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha UrDU olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Olimpiadada 20 nafar o'quvchi ishtirok qildi.

Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, Xonqa tumani 34-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Raxmatjon Rustamov faxrli 1-o‘rinni, Gurlan tumani 29-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shoxrux Yo‘ldoshev 2-o‘rinni, Hazorasp tumani 5-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Dadaxon Ruziboyev 3-o‘rinni egalladi.

urdu.uz, Maktab bitiruvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha UrDU olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi

urdu.uz, Maktab bitiruvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha UrDU olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi

urdu.uz, Maktab bitiruvchilari uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha UrDU olimpiadasining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi