O‘zbekistonning 30 ta OTM nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi
Oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022-yil uchun Impast reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e‘lon qildi.
Quvonarlisi, ilk bor yurtimizning 30 ta oliy ta’lim muassasasi ushbu reytingdan o‘rin egalladi.
Ularning ichida Urganch davlat universitetining ham borligi universitet jamoasini yanada ruhlantirishiga va bundan-da yuksak marralar uchun yakdillikda samarali faoliyat olib borishimizga ishonamiz.